icon

Поиск

BIZ HAQIMIZDA

Oziqovqat.com — oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va sotish uchun mo‘ljallangan sayt. Biz xaridorlar va sotuvchilarga eng manfaatli bitimlarni tuzishga yordam bermoqchimiz.

Oziqovqat.com O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat bozorlari, qishloq xo‘jaligi va O‘zbekistonning agrar sektori bilan bog‘liq turdosh sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchilar – fermerlar, chorvadorlar hamda O‘zbekistonning turli shaharlaridagi manfaatdor mijozlarga ulgurji va chakana tarzda sotish va xarid qilish uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari, o‘ramlar, uskunalar va boshqa tovarlarni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan. Oziqovqat.com saytida ro‘yxatdan o‘tishni tez va e'lon berishning oddiy shakli joriy etilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston oziq-ovqat bozori va agrar sektorining barcha ishtirokchilariga hech qanday texnik muammolarga duch kelmasdan saytga qo‘shilish imkonini beradi.

Saytda berilgan barcha e'lonlar avtomat tarzda bizning Telegram-kanalimizda translyasiya qilinadi. Aytish joizki, hozirgi kunda unda 47 000 dan ortiq faol obunachi, ya'ni sizning ehtimoliy hamkorlaringiz bor. Biz sizga qulay bo‘lishi uchun tovarlarning turli toifalari bo‘yicha bo‘limlarni yaratdik, Siz barcha oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yoki sotish haqidagi e'lonlarni joylashtirishingiz mumkin.

Oziqovqat.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting, o‘zingizga kerakli bo‘limni tanlang va saytimizning qoidalariga muvofiq o‘z e'lonlaringizni joylashtiring. Agar e'lon berishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa yoki sayt faoliyatiga doir boshqa savollar tug‘ilsa, texnik qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.

Diqqat! Sayt qoidalariga muvofiq foydalanuvchilar faqat tijorat shartlarida e'lon berishlari mumkin, ya'ni bitta e'lon uchun 10 000 so‘mdan 100 ming so‘mgacha narxlar belgilangan. Siz 3, 5 yoki 10 ta e'londan iborat e'lonlar paketini xarid qilishingiz va to'lovlarni PAYME, CLICK, PAYNET tizimlari orqali amalga oshirish yoki pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lashingiz mumkin. Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlarida ishlaydi.

Oziqovqat.com sayti orqali mahsulotingizni butun O‘zbekiston aholisi keng tarqalishiga erishing!

Bozoringizni bersin.

Hurmat bilan Oziqovqat.com jamoasi