icon

Поиск

Maxfiylik siyosati

DIQQАT! Eʼlonlarni chop etishda qoʼyiladigan alohida shartlar:


* Oziqovqat saytiga joylashtiriladigan barcha eʼlonlar sayt maʼmuriyati tomonidan moderatsiyadan oʼtkaziladi va u maʼqullaganidan keyingina saytda paydo boʼladi.

* Foydalanuvchi Oziqovqat saytidan faqat oʼz telefon raqamidan va parol yordamida foydalanish huquqiga ega. Oziqovqat saytiga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yoki sotish haqidagi eʼlonni joylashtirgan har bir foydalanuvchi telefon raqami va saytga kirish uchun sms tarzida kelgan paroldan foydalangan holda amalga oshirgan oʼz harakatlari uchun oʼzi javob beradi. 

* Oziqovqat saytiga eʼlonlar joylashtirayotgan foydalanuvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yoki sotish haqida aniq, toʼliq va haqqoniy maʼlumotni joylashtirishi zarur.

* Foydalanuvchi mahsulot haqidagi maʼlumotni joylashtirar ekan, ushbu mahsulotni mamlakatimiz qonunchiligi talablariga muvofiq sotish huquqiga ega ekanini tasdiqlaydi.

* Foydalanuvchi oʼzi taklif qilayotgan mahsulotlar tegishli sertifikatga ega ekanini kafolatlaydi.

* Foydalanuvchi zarurat tugʼilganida, tahrir qilish funktsiyasidan foydalangan holda, tovar tavsifiga qoʼshimcha maʼlumotlarni kiritish majburiyatini oladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini illyustratsiya qiluvchi fotosuratlar eʼlon sarlavhasi va matniga toʼgʼri kelishi kerak.

* Yetkazib berish shartlari tovar tavsifiga kiritilishi lozim. Sotish shartlari Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʼlmasligi zarur.


Foydalanuvchining quyidagilarga huquqi yoʼq: 


* Turli telefon raqamlaridan foydalanib bir xil eʼlonlarni joylashtirish. Bunday holat aniqlangan taqdirda keyingi sanalarda joylashtirilgan bir xil eʼlonlar maʼmuriyat tomonidan olib tashlanadi.

* Bitta eʼlonda bir vaqtda bir nechta mahsulotni xarid qilish yoki sotish haqidagi taklifni chop etish.

* Quyidagi tovarlarni xarid qilish yoki sotish haqidagi eʼlonlarni joylashtirish taqiqlanadi:

spirtli ichimliklar

sigareta va tamaki mahsulotlari

giyohvand moddalar

pornografiya materialari yoki buyumlari

farmakologiya mahsulotlari, dori-darmonlar, giyohvand moddalar va prekursorlar

oʼgʼirlangan, noqonuniy tarzda olingan mahsulotlar

hayot va salomatlik uchun xavfli boʼlgan buyumlar

mavjud boʼlmagan tovarlar

odam aʼzolari va hayvonlarning aʼzolari

yashirincha maʼlumot olishga moʼljallangan maxsus texnik vositalar

davlat mukofotlari; shaxsiy hujjatlar hamda shunday hujjatlarning blanklari maʼlumotlar bazalari

oʼq otar, sovuq, travmatik qurollar va oʼq-dorilar hamda ularga butlovchilar

huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qoʼllanadigan maxsus faol mudofaa vositalari; morjlarning qoziqtishlari, buyumga oʼrnatilmagan fil va mamont tishlari, shuningdek buyumda qoʼllanmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar

noyob va sotilishi taqiqlangan hayvonlar, tegishli qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa har qanday tovarlar va xizmatlar.

 

* Oziqovqat saytining maʼmuriyati eʼlonlarni oʼz ixtiyoriga koʼra yoki vakolatli davlat organlarining talabi boʼyicha olib tashlash huquqiga ega. Ijtimoiy axloq tamoyillari va negizlariga toʼgʼri kelmaydigan eʼlonlar uzil-kesil olib tashlanadi.


Oziqovqat saytining maʼmuriyati quyidagi huquqlarga ega:


* Eʼlon mazmuniga mos keladigan rukn borligi maʼlum boʼlganida, eʼlonni saytning oʼsha rukniga oʼtkazish.

* Oziqovqat mavzusiga toʼgʼri kelmaydigan eʼlonlarni joylashtirishni, sababini tushuntirmasdan, rad etish.

* Oziqovqat maʼmuriyati saytimizda va kanalda chop etiladigan eʼlonlardagi maʼlumotlarning mazmuni va ularning toʼgʼri-notoʼgʼriligi uchun javobgar emas. Oziqovqat saytida har qanday harakatni amalga oshirar ekansiz, yuqorida taqdim etilgan shartlarga rozi boʼlasiz.


Biznesingizga rivoj va oʼzaro manfaatli bitimlarni tilab qolamiz!